«O’zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-metodik elektron jurnal

 

Jurnal haqida

“O’zbekistonda xorijiy tillar” (FLEDU.UZ) nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali — virtual muhitda chet tilini o’rganuvchilar uchun zarur axborot va bilimlarni beradigan, til o’rgatuvchi mutaxassislar uchun zamonaviy, yangi til o’qitish metodikalarini taqdim etadigan, o’zaro kasbiy muloqot hamda tajriba almashishga qaratilgan o’ziga xos akademik platforma hisoblanadi. “O’zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnali mamlakatimizda gumanitar sohadagi ilk elektron ilmiy nashr.

“O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli kasbga oid elektron jurnal va Internet portali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 oktyabrdagi № 283-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatida mavjud.

Jurnalning vazifasi – lingvodidaktikaning holati, rivojlanish istiqbollari, xorijiy tillarni o’qitish metodikasi, nazariy lingvistika, tarjimashunoslik, adabiyot va madaniyat, jurnalistika haqida o’quvchilarga tezkor ma’lumotlarni yetkazib beradi. Gumanitar sohani ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o’ziga xos maydon taqdim etadi hamda axboriy faoliyatni amalga oshiradi.

Jurnal foydalanish uchun ochiq.  Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun ikki xil: veb sahifa va kitob ko’rinishida joylashtirilgan.

Jurnal muassislari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti  “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va Internet portali muassislari hisoblanadi.

Nashr davriyligi

Jurnal davomiy e’lon qilib boriladigan tarmoq nashri bo’lib, uning bosma muqobil varianti mavjud emas. Jurnal bir yilda 6 marotaba chop etiladi. Har  ikkinchi oyning 20–sanasi e’lon qilish muddati etib belgilangan.

Taqrizlash

E’lon qilish uchun qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi orqali tekshirilgandan so’ng muallif haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinmagan holda taqrizga yuboriladi.

Maqola tili

Original, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, o’zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillardagi maqolalar qabul qilinadi.

Indeksatsiyalash

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Crossref, DOI (digital object identifier), eLIBRARY, E-Line, Google scholar. “Google Akademiya” – publikatsiyalarning barcha ko’rinish va tartiblari uchun qidiruv tizimi.

Maqolalarni moliyalashtirish – tahririyat tomonidan buyurtma qilingan maqolalar mualliflaridan tashqari boshqa mualliflar hisobidan amalga oshiriladi. Narxi – 250 ming so’m.

Taqrizchilar

D.S. Qulmamatov, f.f.d., professor, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

V.I. Normuradova, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

V.M. Xegay, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

N.D. Djusupov, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

L.M. Samatova, f.f.n., dotsent, “Русский язик. Kursi” nashriyoti, bo’lim boshlig’i, Rossiya

N.K. Toshpo’latova, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Kontakt ma’lumotlar

Ilmiy jurnal bosh muharriri –  Shukurova Gulmira Rustamovna.

Ilmiy jurnal muharriri – Kayumova Venera Favarisovna.

Telefon: +998 95 340 61 77  (9:00 dan, 16:00 gacha)
Maqola masalalari bo’yicha: +998 94 638 60 31 (9:00 dan, 16:00 gacha)

Tahririyat manzili

100138 Kichik Xalqa Yo’li ko’ch., 21a, Tashkent, O’zbekiston.

Е-mail: info@fledu.uz yoki elektronjurnal@mail.ru

Hamkorlarimiz