«O’zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-metodik elektron jurnal
Jurnal haqida
“O’zbekistonda xorijiy tillar” (FLEDU.UZ) nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali — virtual muhitda chet tilini o’rganuvchilar uchun zarur axborot va bilimlarni beradigan, til o’rgatuvchi mutaxassislar uchun zamonaviy, yangi til o’qitish metodikalarini taqdim etadigan, o’zaro kasbiy muloqot hamda tajriba almashishga qaratilgan o’ziga xos akademik platforma hisoblanadi. “O’zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-metodik elektron jurnali mamlakatimizda gumanitar sohadagi ilk elektron ilmiy nashr.
Jurnalning vazifasi – lingvodidaktikaning holati, rivojlanish istiqbollari, xorijiy tillarni o’qitish metodikasi, nazariy lingvistika, tarjimashunoslik, adabiyot va madaniyat, jurnalistika haqida o’quvchilarga tezkor ma’lumotlarni yetkazib beradi. Gumanitar sohani ommalashtirish, olimlarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o’ziga xos maydon taqdim etadi hamda axboriy faoliyatni amalga oshiradi.
Jurnal foydalanish uchun ochiq. Jurnalning e’lon qilingan sonlari tarkibi va maqola matnlari saytning “Arxiv” ruknida erkin foydalanish uchun ikki xil: veb sahifa va kitob ko’rinishida joylashtirilgan.
Jurnal muassislari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va Internet portali muassislari hisoblanadi.
Nashr davriyligi
Jurnal davomiy e’lon qilib boriladigan tarmoq nashri bo’lib, uning bosma muqobil varianti mavjud emas. Jurnal bir yilda 6 marotaba chop etiladi. Har ikkinchi oyning 20–sanasi e’lon qilish muddati etib belgilangan.
Taqrizlash
E’lon qilish uchun qabul qilingan maqolalar antiplagiat dasturi orqali tekshirilgandan so’ng muallif haqidagi ma’lumotlar ma’lum qilinmagan holda taqrizga yuboriladi.
Maqola tili
Original, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, o’zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillardagi maqolalar qabul qilinadi.
Indeksatsiyalash
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Crossref, DOI (digital object identifier), eLIBRARY, E-Line, Google scholar. “Google Akademiya” – publikatsiyalarning barcha ko’rinish va tartiblari uchun qidiruv tizimi.
Maqolalarni moliyalashtirish – tahririyat tomonidan buyurtma qilingan maqolalar mualliflaridan tashqari boshqa mualliflar hisobidan amalga oshiriladi. Narxi – 300 ming so’m.
Taqrizchilar
D.S. Qulmamatov, f.f.d., professor, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
V.I. Normuradova, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
V.M. Xegay, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
N.D. Djusupov, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
L.M. Samatova, f.f.n., dotsent, “Русский язик. Kursi” nashriyoti, bo’lim boshlig’i, Rossiya
N.K. Toshpo’latova, f.f.n., dotsent, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Kontakt ma’lumotlar
Ilmiy jurnal bosh muharriri – Shukurova Gulmira Rustamovna.
Ilmiy jurnal muharriri – Kayumova Venera Favarisovna.
Telefon: +998 95 340 61 77 (9:00 dan, 16:00 gacha)
Maqola masalalari bo’yicha: info@fledu.uz yoki elektronjurnal@mail.ru
Tahririyat manzili
100138 Kichik Xalqa Yo’li ko’ch., 21a, Tashkent, O’zbekiston.
Е-mail: info@fledu.uz yoki elektronjurnal@mail.ru
Hamkorlarimiz