Maqola talablari

Hurmatli mualliflar!

Nashrga magistrantlar, katta ilmiy xodimlar, ilmiy daraja izlanuvchilari, o‘qituvchilar, fan nomzodlari va doktorlari, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan olimlarning maqolalari qabul qilinadi. Mualliflarning barcha materiallari jurnalning tahririyat hay’ati tomonidan ekspert bahosidan o‘tkaziladi. Jurnal sonlari rasmiy ko‘rib chiqilgan va tahririyat hay’ati tomonidan ma’qullangan maqolalar asosida shakllantiriladi.

Maqola matnining hajmi — 12–15 sahifa (yoki 7000–9000 so‘z, annotatsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini ham qo‘shgan holda). Nashr uchun maqolalar va muallif(lar) haqidagi ma’lumotlarni info@fledu.uz elektron pochta manziliga yoki jurnal veb-saytidagi “maqolani jo‘natish” tugmasi orqali yuborish kerak.